Qidiruv

Shopping cart

Saved articles

You have not yet added any article to your bookmarks!

Browse articles
Xabarnomaga obuna bo'ling

Xabarnomaga obuna bo'ling

Yangi postlar, yangiliklar va maslahatlardan xabardor bo'lish uchun 10 mingdan ortiq kishiga qo'shiling.

Xavotir olmang, biz spam yubormaymiz!

GDPR Compliance

We use cookies to ensure you get the best experience on our website. By continuing to use our site, you accept our use of cookies, Privacy Policy, and Terms of Service.

Buxoroda 40 nafar bog‘cha bolasini mast holda tashigan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi

Buxoroda 40 nafar bog‘cha bolasini mast holda tashigan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida 40 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini mast holatda tashigan "Isuzu" avtobusi haydovchisiga nisbatan sud qarori e'lon qilindi. Saff.news nashrining xabar berishicha, qoidabuzar haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilib, yirik miqdorda jarimaga tortilgan.

 


Voqea tafsiloti

Joriy yilning 28-aprel kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan yo‘lovchi tashuvchi "Isuzu" rusumli avtobus to‘xtatilgan. Dastlabki to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan haydovchi tekshirilganda, uning mast holatda ekanligi va, eng daxshatlisi, salonda 40 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, jarayon davomida huquqbuzar ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga qarshilik ko'rsatgan.

Sud hukmi va qonuniy jazo

Mazkur holat yuzasidan o'tkazilgan sud majlisida haydovchi o‘z aybiga to'liq iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirdi.

Sud qaroriga ko'ra, qoidabuzar Ma’muriy javobgarlik тўғрисидаги kodeksning quyidagi moddalarida aybdor deb topildi:

  • 131-modda, 1-qismi (Transport vositalarini mastlik holatida boshqarish);
  • 194-modda, 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik);
  • 128−8-modda (Yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmaslik).

Natijada, sud hukmi bilan huquqbuzar 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Bundan tashqari, unga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari — jami 16 480 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Haydovchining iqrori va ota-onalarga chaqiriq

Sud zalida so'z berilgan haydovchi o'z qilmishining oqibatlarini anglab yetganini ta'kidladi:

"O‘z xatti-harakatlarimni to‘g‘ri baholab, qoidabuzarlik uchun afsusdaman. Yo‘l harakat xavfsizligi jamiyat uchun muhim ekanini to‘liq tushunaman va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iyan va’da beraman."

Buxoro viloyati YHXB mazkur fojiali holat yuzasidan jamoatchilikka, xususan, ota-onalarga alohida murojaat bilan chiqdi:

"Birgina haydovchining befarqligi va mast holatda rulga o‘tirishi o‘nlab bolalar hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin edi. Ota-onalardan o‘z farzandlarini kimga ishonib topshirayotganlariga e’tiborli va hushyor bo‘lishlarini so‘raymiz."